Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon konsertga bordi

Jamiyat

image

Bugun, 26 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon “O‘zbekiston” xalqaro forumlar saroyida ikki mamlakat san’atkorlari ishtirokidagi an’anaviy konsertni birgalikda tomosha qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston va Tojikiston xalqlarini uzoq o‘tmishga borib taqaladigan munosabatlar, mushtarak ma’naviy va diniy qadriyatlar, an’analar hamda boy madaniy meros bog‘lab turadi. 

Har ikki mamlakatda ham asrlar davomida shakllanib kelgan do‘stlik, o‘zaro hurmat va yaxshi qo‘shnichilik an’analari asrab-avaylanib, boyib bormoqda.

Ushbu madaniy tadbir buning yaqqol tasdig‘i bo‘lgan. Konsert dasturida birodar xalqlarning betakror va boy madaniyatini aks ettiruvchi milliy musiqa va sahna san’atining eng sara asarlari ijro etilgan.

O‘zbekiston va Tojikiston san’atkorlari hamda ansambllarining birgalikdagi chiqishlari o‘zaro anglashuv, ma’naviy yaqinlik va faol madaniy muloqot ramzi bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Imomali Rahmon davlat tashrifi bilan Toshkentga yetib kelgandi. Toshkent xalqaro aeroportida oliy mehmonni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev kutib oldi. Shuningdek, Ko‘ksaroy qarorgohida Imomali Rahmonni tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Keyinroq esa Ko‘ksaroy qarorgohida Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon tor doirada muzokara va Oliy davlatlararo kengashning birinchi yig‘ilishini o‘tkazdi. Shuningdek, ikki davlat yetakchilari yirik kooperatsiya loyihalarini ishga tushirish marosimida ishtirok etdi. O‘zbekiston – Tojikiston Oliy davlatlararo kengashining birinchi yig‘ilishidan so‘ng ikki tomonlama hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘ldi. Shu bilan birga, Tojikiston Respublikasi Prezidentining davlat tashrifi doirasida ushbu mamlakatning Toshkent shahridagi elchixonasining yangi binosi ochilishiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Imomali Rahmon kontsert

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing