Shavkat Mirziyoyev va Imomali Rahmon bir-birlarini Yangi yil bilan tabrikladi

Jamiyat

image

Bugun, 30 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon bilan telefon orqali muloqot qildi. Davlat rahbarlari kirib kelayotgan Yangi yil bilan bir-birlarini samimiy qutlab, O‘zbekiston va Tojikiston birodar xalqlariga tinchlik, farovonlik va ravnaq tilagan. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, suhbatda ikki tomonlama aloqalar va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar muhokama qilingan. O‘zbekiston va Tojikiston o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashning birinchi galdagi vazifalari belgilangan. Barqarorlik va xavfsizlikni ta’minlash, zamonaviy xatar va tahdidlarga qarshi kurashish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Amaliy hamkorlikni chuqurlashtirish, jumladan, tovar ayirboshlashni ko‘paytirish, qo‘shma kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, hududlararo va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirish yuzasidan kelishuvlarga erishilgan.

Davlat rahbarlari bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqqan. Shavkat Mirziyoyev Tojikiston Prezidentiga 2021 yilda Shanxay hamkorlik tashkilotiga raislikda muvaffaqiyat tilagan.

Tojikiston Prezidenti Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, Tojikiston Respublikasi Prezidenti o‘tgan yildagi barcha ob’ektiv qiyinchiliklarga qaramay, ko‘plab kelishuvlar amalga oshirilganini ta’kidlagan. Bunga Dushanbe shahrida O‘zbekiston va Tojikiston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi o‘tkazilishi katta yordam bergan.

Xususan, tojik-o‘zbek qo‘shma korxonasi, shuningdek, Tojikistonning Spitamen viloyatida O‘zbekiston tomonidan qurilgan o‘rta ta’lim muassasasi rasman foydalanishga topshirilgani ta’kidlangan.

Shuningdek, Tojikiston Prezidenti COVID-19 pandemiyasi tarqalishi sharoitida tomonlarning yaqin hamkorligini alohida ta’kidlangan va shu munosabat bilan O‘zbekistonning Tojikistonga nisbatan insonparvarlik harakatlarini ikki xalq o‘rtasidagi aloqalarga xos bo‘lgan qo‘shnichilik va o‘zaro yordam an’analari namoyon bo‘lishining eng yuqori shakli sifatida baholagan.


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Mirziyoev Rahmon

Baholaganlar

15

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing