Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi kelishuvni tasdiqladi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2022
7447O‘zbekiston Turkiya bilan chegaralar orqali tovarlar va transportlar o‘tishining axborot almashinuvi bo‘yicha hamkorlik qilinadi. Bu haqda O‘zbekiston Prezidentining bugun, 26 oktyabr kuni qabul qilingan “Xalqaro shartnomani tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarorida so‘z boradi.
Qarorga muvofiq, O‘zbekiston hamda Turkiya Respublikasi Hukumati o‘rtasida davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma tasdiqlandi.
Mazkur bayonnoma 2022 yil 29 mart kuni Toshkent shahrida imzolangan.
Davlat bojxona qo‘mitasi ushbu xalqaro shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul bo‘lgan vakolatli organ etib belgilandi.
Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralarning rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirganidan keyin O‘zbekistonning majburiyatlari bajarilishini ta’minlaydi.
LiveBarchasi