Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan bugun, 17 avgust kuni tongda davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi.

Tashrifning birinchi manzili sifatida barcha musulmonlar uchun muqaddas Madina shahri ziyorat qilinadi.

Kunning ikkinchi yarmida Prezident Shavkat Mirziyoyev Jidda shahriga keladi. Bu yerda oliy darajadagi O‘zbekiston-Saudiya sammitining rasmiy tadbirlari bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoniga safari davomida Umra ziyoratini ham ado etishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

200

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing