Şavkat Mirziyoyev Turkiy turizm alyansi tuzişni taklif qildi (video)

Jamiyat

−

image

Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev Turkiy turizm alyansi tuzişni taklif qildi. Bu haqda Özbekiston yetakçisi bugun, 30 oktyabr kuni Anqara şahrida boşlangan Turkiy davlatlar taşkiloti davlat rahbarlari kengaşining yiğilişida söz oçdi.

Şavkat Mirziyoyev öz çiqişida turkiy davlatlar örtasida xorijga çiqiş pasportisiz, faqat ID-karta bilan safar qiliş imkoniyatini kengaytirişni taklif qilgan.

“Turizm sohasidagi ulkan imkoniyatlarni ham töliq işga solişimiz lozim. Birgina 2022 yilda davlatlarimizga 40 milliondan ziyod xorijiy sayyohlar taşrif buyurdi. Turkiy xalqlarning tarixiy şaharlari, betakror tabiati, boy madaniyati va mehmondöstlik an’analarini dunyoga birgalikda taqdim etiş maqsadida Turkiy turizm alyansini taşkil qiliş vaqti keldi.

Aholimiz uzoğini yaqin, oğirini yengil qiliş uçun fuqarolarning özaro safarlari töğrisidagi köp tomonlama bitim işlab çiqişni taklif etamiz. Unda ID-kartalar asosida safar qiliş imkoniyatlarini kengaytiriş, çegaradan ötiş va mezbon davlat hududida böliş tartibini soddalaştiriş masalalarini aks ettirişimiz lozim”, deydi Şavkat Mirziyoyev.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing