Shavkat Mirziyoyev Trampning maxsus vakilini qabul qildi

Jamiyat

−

image

Bugun, 16 oktyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSH Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili Serjio Gorni qabul qildi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston – AQSH strategik sheriklik munosabatlarini yanada rivojlantirishning dolzarb masalalari ko‘rib chiqilgan.

AQSH Davlat kotibi Marko Rubioning O‘zbekistonga bo‘lajak tashrifi, “S5+1” formatidagi vazirlar uchrashuvi hamda O‘zbekiston – Amerika ishbilarmonlik va investitsiya kengashining ikkinchi yig‘ilishiga tayyorgarlik ko‘rish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan.

Bo‘lajak tadbirlarni mazmunan boyitish, yangi tashabbuslarni ishlab chiqish va ustuvor yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish muhimligi bildirilgan.

Qisqa vaqt ichida savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish, investitsiyalarni jalb etish va qo‘shma ishbilarmonlik tashabbuslarini ilgari surishning samarali mexanizmiga aylangan ishbilarmonlik kengashining ahamiyati ortib borayotgani alohida ta’kidlangan.

Ikki mamlakat yetakchilari ishtirokida o‘tkaziladigan bo‘lajak xalqaro tadbirlar rejasi yuzasidan ham fikr almashilgan.

Eslatib o‘tamiz, AQSH Davlat kotibi Marko Rubio joriy yilning 17-22 oktyabr kunlari Samarqand (O‘zbekiston), Mumbay (Hindiston) va Jamnagar (Hindiston) shaharlariga tashrif buyurishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi. 

AQSH Davlat kotibi C5 guruhiga kiruvchi barcha mamlakatlar – O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasining yuqori lavozimli rasmiylari bilan ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi. Ushbu tashrif davomida Rubio 200 dan ortiq biznes yetakchilaridan iborat AQSH tijorat delegatsiyasiga boshchilik qiladi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing