Shavkat Mirziyoyev Toshkentga kelayotgan RF Bosh vaziri Dmitriy Medvedevni qabul qiladimi?
Olam
−
27 may 2019
7175Joriy yilning 30 may kuni Rossiya Federatsiyasi Bosh vaziri Dmitriy Medvedev Toshkentda o‘tadigan O‘zbekiston va Rossiya hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning birinchi yig‘ilishida ishtirok etadi. RF Hukumat portalining xabar berishicha, Medvedev 29-30 may kunlari O‘zbekistonda bo‘ladi.
“Dmitriy Medvedev va O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri Abdulla Aripov Rossiya - O‘zbekiston hukumat rahbarlari darajasidagi Qo‘shma komissiyaning yig‘ilishini o‘tkazadi”, deyiladi xabarda.
Shuningdek, Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashishi rejalashtirilgan.
Muzokaralar davomida savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy, ilmiy va madaniy-gumanitar sohalarda ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalarini muhokama qilish mo‘ljallangan. Bundan tashqari, tomonlar energetika, sanoat, transport, yuqori texnologiyalar va qishloq xo‘jaligida yirik qo‘shma loyihalarni amalga oshirishni muhokama qiladilar.
Tashrif doirasida turli sohalardagi hamkorlikka oid hujjatlar imzolanadi.
LiveBarchasi