Shavkat Mirziyoyev: Toshkent viloyatida quruq gap. Hamma uxlayapti
Jamiyat
−
03 iyun 2019
5110Nurafshon shahrida Toshkent viloyati faollari, hokimlar va sektorlar rahbarlari, республика idoralari mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev viloyat iqtisodiyoti, tumanlardagi ahvolni tanqid qildi.
“O‘zim yurib, respublikadan rahbarlar yuborib, eng dolzarb masalarni hal qilyapmiz. Hamma joyda o‘zgarish bo‘lyapti. Toshkent viloyati nimaga uyg‘onmayapti? Vaqt шиддат bilan o‘tyapti. Har bir kun, har bir daqiqa g‘animat. Prezident siyosat yuritadi, imkon yaratadi. Mutasaddilar qattiq talab qilib, quyi tizimdagi rahbarlar jon kuydirib ishlab, natijani ta’minlashi kerak. Odamlar quruq gapga chidamaydi. Toshkent viloyatida quruq gap. Qani raqobat, qani ilm, qani natija, qani tashabbus”, deya savol qo‘ydi Shavkat Mirziyoyev.
Katta iqtisodiy salohiyatga ega bo‘la turib, viloyatda mavjud rezerv va imkoniyatlar to‘liq ishga solinmayotgani, sanoat haligacha bir nechta yirik korxonalarga боғлиқ bo‘lib qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Bo‘ka, Piskent, Parkent, Ohangaron, Bekobod, Quyichirchiq, Oqqo‘rg‘on va Chinoz tumanlarida sanoat rivoji pastligicha qolmoqda. Quyichirchiq, Bekobod, Ohangaron, Piskent va Bo‘ka tumanlarida aholi jon boshiga xizmat ko‘rsatish hajmi республика bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan 2-3 barobar kam.
Yig‘ilishda tadbirkorlik va qishloq xo‘jaligi, ish o‘rinlari, ijtimoiy sharoitlarga doir dolzarb masalalar muhokama qilinmoqda.
LiveBarchasi