Shavkat Mirziyoyev Sergelidagi yangi qurilgan ekoparkni ko‘zdan kechirdi

Jamiyat

image

Davlat rahbari o‘tgan yili 21 mayda Uchtepa tumaniga tashrifi chog‘ida Toshkent shahri tumanlarida istirohat bog‘lari tashkil etib, aholining dam olishi uchun sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriq bergan edi. 

Shunga muvofiq, Sergeli tumanida umumiy maydoni 10 gektar bo‘lgan "Flowers Garden Park" tashkil etildi. Shundan 5 gektari bog‘, 5 gektari gul sotish markazidir.

Boqqa yirik gulli magnoliya, fotiniya frazeri, qora sosna, igna bargli archa, “Krimson king” chinori kabi 30 turdagi 6 mingdan ziyod manzarali daraxt va 20 turdagi 60 mingdan ziyod buta olib kelib ekilgan. Aholining ko‘ngilli hordiq chiqarishi uchun restoran, savdo shoxobchalari tashkil etilgan.

Turkiyaning “Natural Peyzaj” shirkati bilan hamkorlikda bunyod etilgan bog‘da 200 ta ish o‘rni yaratilgan. Malakali agronom va entomologlar jalb etilgan. 

Davlat rahbari bog‘da yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, manzarali daraxtlar va gul do‘konlarini ko‘zdan kechirdi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

148

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing