Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Yaponiyada bo‘ladi
Jamiyat
−
13 dekabr 2019 7792 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yaponiya Bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan 17-20 dekabr kunlari rasmiy tashrif bilan Kunchiqar mamlakatda bo‘ladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bosh vazir bilan muzokaralardan tashqari Yaponiya parlamenti rahbariyati, moliya vaziri, JICA prezidenti, yetakchi sanoat va moliya tuzilmalari rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazish ko‘zda tutilgan. Davlat rahbari Imperator Naruxito tomonidan qabul qilinadi.
Nagoya shahriga tashrif davomida ham qator uchrashuvlar rejalashtirilgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025