Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Turkiyaga yetib bordi
Jamiyat
−
19 fevral 2020
7875Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 19 fevral kuni Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anning taklifiga binoan Turkiyaga jo‘nab ketgani haqida xabar bergan edik. Prezident Mirziyoyev o‘tirgan samolyot Anqara shahrida joylashgan "Esonbug‘a" aerportiga kelib qo‘ndi.
Aeroportda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi – birinchi xonim Ziroat Mirziyoyevani Turkiya hukumati a’zolari, Anqara muzofoti va shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.
Bugun Prezidentlar raisligida Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi. Muzokaralarda ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya munosabatlari, avvalo siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, moliyaviy, transport-kommunikatsiya, ta’lim, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilinadi.
Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Turkiya biznesining yetakchi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazishi, Turkiya Respublikasi Prezidenti Xalq kutubxonasining tantanali ochilish marosimida qatnashishi rejalashtirilgan.
LiveBarchasi