Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Ozarbayjonga yetib bordi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva hamrohligida davlat tashrif bilan Ozarbayjonga yetib bordi. Bu haqda “Azertag” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, martabali mehmonlarni Ozarbayjon Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Yagub Eyyubov, tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Elnur Mammadov va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Eslatib o‘tamiz, tashrif doirasida O‘zbekiston rahbari Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashadi. Shundan so‘ng, davlat rahbarlari ikki tomonlama munosabatlarni chuqurlashtirish masalalarini muhokama qiladi.

Bundan tashqari, ikki davlat yetakchilarining Fuzuliy va Shusha shaharlariga safarlari ham rejalashtirilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Prezident Ozarbayjon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made