Mirziyoyev Ozarbayjonga ketdi. U Qorabog‘ga borishi aytilmoqda

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga binoan 22 avgust kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Tashrif dasturiga muvofiq, Baku shahrida tor va kengaytirilgan tarkibda oliy darajadagi muzokaralar bo‘lib o‘tadi.

Birgalikda Fuzuliy va Shusha shaharlariga tashrif buyurish, davlat rahbarlari ishtirokida boshqa tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.

Qariyb 30 yillik arman bosqidan so‘ng Qorabog‘ viloyati 2022 yilning 8 noyabrida yana Ozarbayjon nazoratiga o‘tdi va bu yerda bunyodkorlik ishlari boshlandi. Ularda O‘zbekiston ham ishtirok etmoqda. Prezident tashrifi bahonasida Fuzuliy shahrida O‘zbekiston nomidan bunyod etilgan maktab ochilish marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made