Shavkat Mirziyoyev Pokiston Prezidentiga hamdardlik bildirdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Karachi shahrida ro‘y bergan aviahalokat oqibatida ko‘plab insonlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan Pokiston Islom Respublikasi Prezidenti Orif Alvi va Bosh vaziri Imron Xonga ta’ziya maktubi yo‘lladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoyev matbuot xizmati xabar bermoqda.

"Davlat rahbari Pokiston xalqiga, marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi", deyiladi xabarda.

Ma’lumot o‘rnida, 22 may kuni "Pokiston xalqaro aviakompaniyasi"ga qarashli yo‘lovchi samolyoti Karachi shahrida halokatga uchragan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, aviahalokat oqibatida qurbon bo‘lganlar soni 100 nafarga yaqinlashgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Pokiston

Baholaganlar

97

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing