Shavkat Mirziyoyev oktyabrda Xitoyga boradi
Jamiyat
−
01 Sentabr 2023 3593 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oktyabr oyida Xitoyga tashrif buyuradi. Bu haqda Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning O‘zbekiston Mustaqilligi kuni munosabati bilan yo‘llagan tabrigida ma’lum bo‘ldi.
Tabrik avvalida Xitoy raisi Si Szinpin O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 32 yilligi munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev va O‘zbekiston xalqiga samimiy tabrik va tilaklarini yo‘llagan.
“Bu yil O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan buyon alohida muhim yil bo‘ldi. Mamlakatingizda yangi Konstitutsiya bo‘yicha referendum va muddatidan oldin Prezident saylovi muvaffaqiyatli o‘tkazilib, O‘zbekistonning yuksalishi va bardavom taraqqiyoti uchun mustahkam poydevor yaratildi. Sizning rahnamoligingiz ostida Yangi O‘zbekiston barpo etilishida yanada katta yutuqlarga erishilishiga ishonaman”, deyiladi tabrikda.
Shuningdek, tabrik matnida Si Szinpin Shavkat Mirziyoyevni joriy yilning oktyabr oyida Xitoyda o‘tkaziladigan “Bir makon, bir yo‘l” uchinchi xalqaro hamkorlik forumiga taklif qilgan.
“Men Xitoy-O‘zbekiston munosabatlariga alohida ahamiyat qarataman. Siz bilan o‘rnatilgan hamkorlik munosabatlarimiz va shaxsiy do‘stligimizni yuksak qadrlayman. Davlatlarimizning har tomonlama strategik sherikligining barqaror va izchil rivojlantirish hamda xitoy-o‘zbek hamjamiyatining qurilishiga yangi turtki berish uchun siz bilan hamkorlik qilishga tayyorman”, deyiladi tabrikda.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025