Shavkat Mirziyoyev oilasi bilan birgalikda saylovda ovoz berdi – foto

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oila a’zolari bilan birgalikda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tayotgan saylovlarda ovoz berdi. Bu haqda Sputnik xabar bermoqda. 

 

Shavkat Mirziyoyev va uning rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva, qizlari Saida va Shahnoza poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 162-chi saylov uchastkasiga kelishdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda parlament saylovlari boshlandi. Soat 08:00da O‘zbekistonning barcha hududlarida saylov uchastkalari ochildi. Ularning faoliyati soat 20:00ga qadar davom etadi.

Дочь президента Узбекистана Saida Mirziyoyeva на избирательном участке

Дочь президента Узбекистана Шахноза Mirziyoyeva на parlamentских выborах

Saylovda 20,5 milliondan ortiq saylovchi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ovoz berishi mumkin.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 10 million 147 ming 772 nafari erkak, 10 million 355 ming 690 nafari ayol; 2 million nafar ilk bor saylovda qatnashib, ovoz berish huquqidan birinchi marta foydalanishi kutilmoqda.

Saylovlar yangi Saylov kodeksiga binoan o‘tkazilmoqda. Unda ilk bor beshta siyosiy partiya ishtirok etmoqda: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

231

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing