Prezident Mustaqillik bayrami arafasida xorijdagi bir guruh vatandoshlarni mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida”gi farmonni imzoladi.

O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, gumanitar sohadagi ko‘p yillik samarali hamkorlikni hamda akademik va ilmiy-ta’lim almashuvlar bo‘yicha uzoq muddatli dasturlarni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlashdagi shaxsiy hissasi, shuningdek, xalqaro munosabatlar va iqtisodiyot sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashdagi bevosita ishtiroki uchun mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Torkunov Anatoliy Vasilevich – Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti rektori (Rossiya Federatsiyasi)

O‘zbekiston va Yaponiya o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlari rivojiga va ko‘pqirrali hamkorlikni kengaytirishga qo‘shgan katta hissasi, O‘zbekiston Respublikasidagi iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirishga qaratilgan muhim tashabbus va amaliy sa’y-harakatlari, Yaponiyaning yetakchi kompaniya va tashkilotlari ishtirokida mamlakatimizdagi ustuvor ijtimoiy, infratuzilma va sarmoyaviy loyihalarni, qo‘shma madaniy-gumanitar dasturlarni ro‘yobga chiqarishga ko‘rsatayotgan ulkan ko‘magi uchun mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan 

Taro Aso – Yaponiya Bosh vaziri o‘rinbosari, moliya vaziri, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan Do‘stlik ligasi raisi (Yaponiya)

O‘zbekiston Respublikasi bilan har tomonlama sheriklik munosabatlarini rivojlantirishga doir muhim dastur va loyihalarni ro‘yobga chiqarishdagi amaliy ko‘magi, xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro bir-birini anglash va qo‘llab-quvvatlash tamoyillarini mustahkamlash, do‘stlik va madaniy hamkorlik aloqalarini kengaytirish ishlariga qo‘shgan munosib hissasi uchun mukofotlansin:

“Do‘stlik” ordeni bilan 

Ahmad Rajab Muhammad Ali Rizq – Qohira universitetining arxeologiya fakulteti professori (Misr Arab Respublikasi)

Mavlanov Shuxrat Qurvantayevich – “Rosagrokompleks” mas’uliyati cheklangan jamiyati bosh direktori (Rossiya Federatsiyasi)

Mark Edvard Riz – Sharqshunos olim, o‘zbek adabiyoti tarjimoni (AQSH)

Maxmudova Kamola Abdumalikovna – Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki katta bankiri

Muhammadzoda Huseyn Siddiq – Navoiyshunos olim va adib (Eron Islom Respublikasi)

Prakash Kejrival – “Indorama Corporation Pte. Ltd” kompaniyasi direktori (Singapur Respublikasi)

Elis Uells – “Yexxon Mobil2 kompaniyasining xalqaro hamkorlik bo‘yicha katta maslahatchisi (AQSH)

O‘zbekiston Respublikasida ilg‘or xorijiy tajriba, ilm-fan va texnologiyalar asosida zamonaviy sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirish bo‘yicha faol sa’y-harakatlari, koronavirus pandemiyasiga qarshi samarali kurashni tashkil etishda ko‘rsatgan amaliy yordami uchun mukofotlansin:

I darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Lin Syuejun – Toshkent shahridagi "O‘zbek-Xitoy an’anaviy tibbiyot markazi" boshqaruvi raisi, “Beizhong Yilin Pharm Tech (Beijing) Co., Ltd” prezidenti (Xitoy Xalq Respublikasi)

Filiz Erdog‘an Marashlioglu – “Kanimed Saglik Cozumleri LTD” kompaniyasi boshqaruv kengashi raisi (Turkiya Respublikasi)

Soy Chje Uk – Koreya universitetining profilaktik tibbiyot kafedrasi professori, Koreya tibbiyot assotsiatsiyasi huzuridagi “COVID-19” koronavirusiga qarshi choralar ko‘rish bo‘yicha Shtab maslahatchisi (Koreya Respublikasi)

O‘zbekiston Respublikasining barqaror taraqqiyotini ta’minlashga qaratilgan muhim tashabbuslarni ilgari surish va ularni amalga oshirish, ustuvor iqtisodiy loyihalar va gumanitar dasturlarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatimizning xalqaro nufuzini oshirish, shuningdek, xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va o‘zaro hamkorlikni mustahkamlashga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlansin:

“Kelajak bunyodkori” medali bilan

Asadullayev Husnulla Shuxratilla o‘g‘li – O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Xitoy Xalq Respublikasidagi vakili

Babajanov Bunyodbek Ulug‘bek o‘g‘li – O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Rossiya Federatsiyasidagi vakili

“Shuhrat” medali bilan

Arislanov Saidaxmad Saidaxrorovich – AQSHdagi “ASO Systems” kompaniyasi rahbari

Bediyev Kamoliddin Asomiddinovich – Berlin shahridagi Xerrman-Shuls nomidagi maktabning nemis tili fani o‘qituvchisi, O‘zbekiston yoshlari umumjahon assotsiatsiyasining Germaniya Federativ Respublikasidagi vakili

Zufarov Sherzod Sabirovich – Fransiyaning “Société Générale” banki  xususiy sektorga sarmoya kiritish fondi vitse-prezidenti

Ibragimov Bunyodbek Abdusharipovich – O‘zbekiston va Nagoya do‘stlik jamiyati muassisi va direktori

Ismailov Baxrom Baxtiyorovich – Moskva shahridagi “Saxovat” xayriya fondi direktori (Rossiya Federatsiyasi)

O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari rahbarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti nomidan davlat mukofotlari tantanali vaziyatda topshirilishini hamda ommaviy axborot vositalarida keng yoritilishini ta’minlasin. 

Mazkur Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A.N.Aripov zimmasiga yuklansin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

107

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing