Shavkat Mirziyoyev Xo‘jandda xursandchilik bilan kutib olindi

Jamiyat

image

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmonning taklifiga binoan joriy yilning 10-11 iyun kunlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Tojikiston Respublikasida bo‘lib turibdi.  Shavkat Mirziyoyev tashrif doirasida bugun, 11 iyun kuni Dushanbedan Xo‘jandga keldi.

Ma’lum qilinishicha, oliy martabali mehmonni Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon kutib olgan.

O‘zbekiston Prezidenti Matbuot xizmati bergan xabarga ko‘ra, Xo‘jandda Shavkat Mirziyoyev tashrifiga katta tayyorgarlik ko‘rilgan. Ikki mamlakat bayroqlari bilan bezatilgan aeroport va ko‘chalarda jamoatchilik vakillari Prezidentni katta xursandchilik bilan kutib olgan.

Ikki mamlakat yetakchilari qisqa uchrashuv o‘tkazib, birgalikda Xo‘jand yaqinidagi “Arbob” madaniyat saroyiga yo‘l olgani ma’lum qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

Mirziyoev Rahmon

Baholaganlar

208

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing