Shavkat Mirziyoyev xorijiy nashrga intervyu berdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonning markaziy gazetalari – “Yegemen Qazaqstan” va “Kazaxstanskaya pravda”ga intervyu berdi.

Suhbatda Shavkat Mirziyoyevning bugungi O‘zbekiston taraqqiyoti, ikki tomonlama munosabatlarning holati va istiqbollari hamda Markaziy Osiyodagi hamkorlikka doir fikrlari bayon etilgan.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyev 5-6 dekabr kunlari Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi.

Tashrif davomida Nur-Sulton shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda birodar ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, eng avvalo, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar va aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, shuningdek, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirishning dolzarb masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.

Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif arafasida Nur-Sultonda ikki mamlakat yetakchi kompaniya va tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum ham o‘tkaziladi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev

Baholaganlar

204

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing