Shavkat Mirziyoyev Xorazmga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Bugun, 17 avgust kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Mamlakat yetakchisi mazkur tashrif doirasida hududda sanoat, ta’lim, transport, turizm va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar hamda yaratilgan infratuzilma bilan tanishadi. 

Shuningdek, bir qator yangi loyihalarni ishga tushirish va qurilishiga start berish rejalashtirilgan.

Bildirilishicha, tashrif doirasida ertaga, 18 avgust kuni tadbirkorlar bilan navbatdagi ochiq muloqot bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga avvalgi tashrifi 2025 yilning 1 may kuni bo‘lgandi. 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing