Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi raisi Si Szinpinning taklifiga binoan bugun, 17 may kuni davlat tashrifi bilan ushbu mamlakatga jo‘nab ketdi. Bu haqda davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berdi.

Tashrif dasturiga muvofiq, 18-19 may kunlari Sian shahrida XXR Raisi Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazish, “Markaziy Osiyo-Xitoy” formatidagi sammitda ishtirok etish hamda Xitoyning yetakchi kompaniya va banklari rahbarlari bilan uchrashuv o‘tkazish rejalashtirilgan.

Ma’lumot uchun, sammitda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev, Qirg‘iziston yetakchisi Sadir Japarov, Tojikiston rahbari Imomali Rahmon hamda Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovlar ham ishtirok etishi kutilmoqda. 

Bu ushbu olti mamlakat rahbarining Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishganidan buyon, 31 yil ichidagi ilk yuzma-yuz sammiti hisoblanadi. 

Sammit davomida Si Szinpin nutq so‘zlashi, davlat rahbarlari Xitoy va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlarning rivojlanishini ko‘rib chiqishi, “Xitoy-Markaziy Osiyo” mexanizmini yaratish, turli sohalardagi hamkorlik va o‘zaro manfaatli asosiy xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashishi ma’lum qilingan.

Shuningdek, davlat rahbarlari bir qator muhim hujjatlarni imzolashi kutilyapti. 

Eslatib o‘tamiz, bugun, 17 may kuni Shavkat Mirziyoyev Samarqand shahrida bo‘lib o‘tayotgan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 32-yillik yig‘ilishida ham qatnashdi. Shuningdek, davlat rahbari bugun Samarqanddagi Imom Buxoriy majmuasini ham ziyorat qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xitoy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing