Shavkat Mirziyoyev Xitoyga jo‘nab ketdi

Jamiyat

image

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpinning taklifiga binoan joriy yil 24-27 aprel kunlari Xitoyda o‘tkaziladigan “Bir makon, bir yo‘l” ikkinchi xalqaro forumi tadbirlarida ishtirok etadi.

Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 24 aprel kuni Islom Karimov nomidagi "Toshent" xalqaro aeroportidan Xitoyga yo‘l oldi.

Ma’lumot uchun, Forum ishida 40 dan ziyod xorijiy davlatlar va hukumatlar, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar rahbarlari ishtirok etishi kutilmoqda. Anjuman kun tartibidan mintaqadagi iqtisodiy hamkorlikni yanada mustahkamlash, uzoq muddatli taraqqiyotning yangi manbalarini izlab topish borasidagi sheriklikni faollashtirish, “yashil” iqtisodiyot va innovatsiyalarni ilgari surish, ustuvor infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirish masalalari o‘rin olgan.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev XXR Raisi Si Szinpin va Butunxitoy xalq vakillari kengashi Doimiy qo‘mitasi Raisi Li Chjanshu bilan uchrashuvlar o‘tkazishi kutilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Xitoy

Baholaganlar

17

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing