Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga yetib bordi
Jamiyat
−
29 iyul 1816 1 daqiqa
Bugun, 29 iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayevning taklifiga binoan amaliy tashrif bilan ushbu mamlakatga bordi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Ostona shahri aeroportida davlat rahbarini Qozog‘iston Bosh vaziri Oljas Bektenov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif dasturiga muvofiq, O‘zbekiston Prezidenti “Kelajak o‘yinlari” uchinchi xalqaro musobaqasining tantanali ochilish marosimida ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, “Kelajak o‘yinlari” o‘zida an’anaviy sport turlari va ularning raqamli shakllarini mujassam etgan. Musobaqa joriy yil 29 iyuldan 9 avgustga qadar 50 dan ortiq mamlakat vakillari, jumladan, O‘zbekiston sportchilari ishtirokida o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 29 may kuni Shavkat Mirziyoyev Ostonaga amaliy tashrif bilan borgan edi. Tashrif doirasida O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzolagandi.
Live
Barchasi