O‘zbekiston va Qozog‘iston savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ni imzoladi
Jamiyat
−
19:44 250 1 daqiqa
Bugun, 29 may kuni Ostonaga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev huzurida Investitsiya va savdo sohalarila erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
“Qayd etilishicha, Yo‘l xaritasi”da avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika, qurilish materiallari, uy-joy qurilishi, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Hujjat joriy yil aprel-may oylarida ikki davlat rahbarlarining Buxoro va Turkiston shaharlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi majlisida O‘zbekiston Prezidenti Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari bilan to‘siqlarsiz yagona raqamli savdo makonini yaratish tashabbusini ilgari surgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi