Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Bosh vaziri bilan uchrashadi
Jamiyat
−
01 noyabr 2019
3134Ertaga, 2 noyabr kuni Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin Shanxay hamkorlik tashkilotiga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashining Toshkentda bo‘lib o‘tadigan majlisida ishtirok etadi. Bu haqda Qozog‘iston Bosh vaziri sayti xabar berdi.
Toshkentda Qozog‘iston Bosh vaziri Asqar Mamin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qabulida bo‘ladi.
Toshkentda 1-2 noyabr kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda SHHTga a’zo davlatlar Hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.
Majlisda Hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashadi. Yig‘ilish yakuni bo‘yicha SHHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.
Avvalroq, Tojikiston Bosh vaziri Qohir Rasulzoda SHHT sammitida ishtirok etish uchun Toshkentga kelgani haqida xabar bergan edik.