Shavkat Mirziyoyev qiruvchi samolyotlar hamrohligida Pokistonga bordi (video)
Jamiyat
−
16:24 4303 1 daqiqa
Bugun, 5 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Islomobodga bordi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Pokiston havo hududida oliy martabali mehmonning samolyotiga ushbu mamlakat Harbiy havo kuchlarining qiruvchi samolyotlari hamrohlik qilgan.


“Nurxon” aeroportida O‘zbekiston rahbarini Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy, Bosh vazir Shahboz Sharif va boshqa rasmiy shaxslar kutib olgan.

Ikki mamlakatning davlat bayroqlari ko‘tarilgan, faxriy qorovul saf tortgan.

Dasturga muvofiq, bugun, 5 fevral kuni Mudofaa kuchlari Oliy Bosh qo‘mondoni – Qurolli kuchlarning quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni, feldmarshal Asim Munir, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif bilan muzokaralar va Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi bo‘lib o‘tadi.

Ertaga, 6 fevral kuni Pokiston Prezidenti Asif Ali Zardoriy bilan uchrashuv va O‘zbekiston – Pokiston biznes forumida ishtirok etish rejalashtirilgan.
Live
Barchasi