Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga boradi

Jamiyat

image

Shavkat Mirziyoyev shu yilning 2 iyun kuni Qirg‘izistonning Cho‘ponota shahrida bo‘lib o‘tadigan Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo sammitida qatnashish uchun ushbu mamlakatga safar qiladi. Bu haqda “Sputnik Qirg‘iziston” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mazkur tadbirda Qozog‘iston, O‘zbekiston, Tojikiston rahbarlari va Yevropa Kengashi Prezidenti ishtirok etadi. Qirg‘iziston Prezidenti administratsiyasi tashqi siyosat bo‘limi boshlig‘i Muratbek Azimbakiyevning ma’lumot berishicha, sammitda Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmon, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev, Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi Raisining o‘rinbosari Nurmuhammet Amannepesov va Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel ishtirok etadi.

“Ikki mintaqa o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar hamkorlikning hozirgi holati va kelajakdagi rejalari muhokama qilinadi. Xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, Markaziy Osiyo davlatlari va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi hamkorlik yuzasidan fikr almashiladi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 may kuni Olmaota shahrida “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” ikkinchi iqtisodiy forumi bo‘lib o‘tgandi. Aynan shu kuni Xitoyning Sian shahrida “Markaziy Osiyo-Xitoy” sammiti ilk bor oflayn formatda bo‘lib o‘tdi. Bungacha 9 mayda Markaziy Osiyo yetakchilari Moskvada Putin bilan ko‘rishgan va Qizil maydondagi G‘alaba paradida qatnashgandi. 25 may kuni esa Moskvadagi Katta Kreml saroyida bo‘lib o‘tgan Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashining kengaytirilgan tarkibdagi majlisida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan birga Markaziy Osiyo yetakchilaridan Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jomart To‘qayev, Qirg‘iziston Prezidenti Sadir Japarov shaxsan ishtirok etgan, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Tojikiston rahbari Imomali Rahmon esa onlayn qatnashdi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made