Shavkat Mirziyoyev Qatar amiriga ta’ziya yo‘lladi
Olam
−
18:55 1687 1 daqiqa
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qatar Davlati amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniyga uning otasi, Qatar Davlatining sobiq Amiri Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy vafot etgani munosabati bilan ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, hamdardlik maktubida Shayx Hamad bin Xalifa Ol Soniy uzoq yillar Qatar Davlatining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti, ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, aholi turmush darajasi va farovonligini yuksaltirish, mamlakatni har tomonlama rivojlantirishga beqiyos hissa qo‘shgani, o‘z vatanining chinakam fidoyi va olijanob farzandi bo‘lgani ta’kidlangan.
“O‘zbekiston va Qatar o‘rtasidagi do‘stona aloqalar va hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarishga munosib ulush qo‘shgan Shayx Hamad Ol Soniy A’lo Hazratlarining yorqin xotirasi va o‘chmas nomi qalblarimizda abadiy saqlanib qoladi”, deyiladi maktubda.
O‘zbekiston rahbari Qatar amiriga, uning oila a’zolari va barcha yaqinlariga, butun Qatar xalqiga chuqur hamdardlik izhor etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qatarni 18 yil davomida boshqargan sobiq amir Hamad bin Xalifa Ol Soniy 74 yoshida vafot etgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi