Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov xotirasiga hurmat bajo keltirdi

Jamiyat

image

Bugun, 2 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘yib, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Prezidentning 2017 yil 25 yanvardagi qaroriga muvofiq, 2 sentyabr sanasi Birinchi Prezident Xotirasi kuni sifatida nishonlanadi. O‘zbekiston tarixini, Islom Karimov xizmatlarini e’zozlash odamlarga, yoshlarga ma’naviyat yetkazadi.

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining yigirma to‘qqiz yilligiga bag‘ishlangan nutqida Islom Karimov boshchiligida qo‘lga kiritilgan davlat mustaqilligi asriy orzuni amalda ta’minlagan olamshumul voqea ekanini ta’kidladi.

Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida Qur’on tilovat qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirlik va idoralar, poytaxt jamoatchiligi vakillari ham monument poyiga gullar qo‘ydi.

Islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Islom Karimov

Baholaganlar

341

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing