Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov haykali poyiga gul qo‘ydi (fotoreportaj)

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Rossiya Federatsiyasida bo‘lib turibdi. 

Bugun Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Moskva shahridagi elchixonasi yaqinida joylashgan Islom Karimov xiyoboniga ham tashrif buyurdi.

Prezident Mirziyoyev buyuk davlat va siyosat arbobi, o‘zbek xalqining ulug‘ va ardoqli farzandi, mamlakatimizning Birinchi Prezidenti haykali poyiga gulchambar qo‘ydi, uning yorqin xotirasiga hurmat bajo keltirdi.

Islom Karimov o‘zining serqirra siyosiy faoliyati, olijanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimizning ko‘p asrlik tarixida o‘chmas iz qoldirdi. 

O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov 2016 yilning 2 sentyabr kuni 79 yoshida vafot etdi. 2018 yilning 18 oktyabr kuni Moskva shahriga Islom Karimov haykali o‘rnatilgan. 

Yodgorlikda Islom Karimovning bog‘da sayr qilib yurgani tasvirlangan. U britaniyalik haykaltarosh Pol Dey boshchiligida yasalgan va Islom Karimov nomidagi skverga o‘rnatilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Islom Karimov

Baholaganlar

306

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing