Shavkat Mirziyoyev Ilhom Aliyevga tabrik yo‘lladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonning milliy bayrami — Respublika kuni munosabati bilan Prezident Ilhom Aliyevga tabrik yo‘lladi.

“Hurmatli Ilhom Haydarovich.

Sizga va qardosh Ozarbayjon xalqiga mamlakatning milliy bayrami — Respublika kuni munosabati bilan samimiy tabriklarimni va eng ezgu tilaklarimni yo‘llash menga katta mamnuniyat bag‘ishlaydi.

Shu nuqtai nazardan, men sizning dono rahbarligingiz ostida Ozarbayjon davlatining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy sohalardagi ulkan yutuqlarini, shuningdek, xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini oshirishni alohida ta’kidlashni istardim.

So‘nggi yillarda yuqori darajadagi siyosiy muloqotlarimiz natijasida uzoq tarixga asoslangan xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaqin rishtalar mustahkamlanib, barcha yo‘nalishlarda strategik sheriklik mustahkamlanib borayotir.

Albatta, o‘zaro ishonch va hurmat ruhidagi munosabatlar, ko‘p qirrali va amaliy hamkorlik mamlakatlarimiz va xalqlarimizning umumiy farovonligi yo‘lida yanada kengayadi.

Fursatdan foydalanib, Sizga, hurmatli Ilhom Haydarovich, sihat-salomatlik, oilaviy baxt va farovonlik, mas’uliyatli davlat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar, do‘st Ozarbayjon xalqiga esa doimiy tinchlik va farovonlik tilayman“, deyiladi Shavkat Mirziyoyev tabrigida.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda va Ozarbayjonda koronavirus aniqlangunga qadar joriy yilning 15-16 aprel kunlari Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyeva rafiqasi – mamlakat vitse-prezidenti Mehribon Aliyeva bilan O‘zbekistonga tashrif buyurishi kutilayotgan edi. Biroq tashrif koronavirus pandemiyasi sabab qoldirildi.

Tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Ozarbayjon Respublikasi Prezidenti Ilhom Aliyev ishtirokida tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlar o‘tkazilishi, ikki davlat rahbarlari poytaxt Toshkentda barpo etilayotgan Haydar Aliyev nomidagi bog‘ning ochilish marosimida ishtirok etishi rejalashtirilgan edi

Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori bilan o‘tgan yil O‘zbekiston Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashiga a’zo bo‘ldi. Mirziyoyevning mazkur qarori Ozarbayjon rahbariyati tomonidan olqishlar bilan kutib olindi. Joriy yilning 14-15 oktyabr kunlari Baku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar hamkorlik kengashi davlat rahbarlari sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti ham ishtirok etib, Prezident Ilhom Aliyev bilan uchrashdi.  

Ikki Prezident uchrashuvidan ikki oy o‘tib, 2019 yil 26 dekabr kuni Shavkat Mirziyoyev Ozarbayjonda Yil odami deya e’tirof etildi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Ilhom Aliev

Baholaganlar

45

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing