Mirziyoyev Berdimuhamedov bilan gaplashib oldi
Jamiyat
−
30 Oktabr 2019
5327O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 30 oktyabr kuni Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev qardosh Turkmaniston xalqiga joriy yil 10-11 oktyabr kunlari Ashxobodda o‘tgan Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi sammitida ko‘rsatilgan mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi hamda Turkmanistonning MDHdagi raisligi muvaffaqiyatli o‘tayotgani bilan yana bir bor tabrikladi.
Davlat rahbarlari ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlarining ahvoli va ularni rivojlantirish istiqbollarini muhokama qildilar, shuningdek, bo‘lajak oliy darajadagi tadbirlar nuqtai nazaridan xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashdi.
O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi vaqt bilan sinalgan mustahkam do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik rishtalari, avvalo, savdo, transport, qishloq xo‘jaligi, energetika va boshqa tarmoqlarda o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish uchun mustahkam asos ekani qayd etildi.
Tomonlar hududlararo aloqalar va madaniy-gumanitar almashinuvni kengaytirishga bundan buyon ham faol ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi.
Muloqot so‘ngida Davlat rahbarlari ikki mamlakat do‘stligi butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lida O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash borasida qat’iy ekanini tasdiqladi.
LiveBarchasi