Shavkat Mirziyoyev Cho‘lponotada tantanali kutib olindi (video)
Jamiyat
−
14:43 708 1 daqiqa
Cho‘lponota shahridagi Chingiz Aytmatov nomidagi “Ruh Ordo” madaniyat markazida Qirg‘iz Respublikasida davlat tashrifi bilan bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortgan. O‘zbekiston va Qirg‘iziston davlat madhiyalari yangragan.


Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-birlariga tanishtirgan.




Birgalikda suratga tushilgandan so‘ng oliy darajadagi muzokaralar boshlangan.



Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev rafiqasi Ziroat Mirziyoyeva bilan birga Issiqko‘l viloyatidagi Cho‘lponota shahriga yetib borgani haqida xabar berilgan edi. U yerda mamlakat yetakchisini Qirg‘iz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov hamda uning rafiqasi kutib olgan.
Live
Barchasi