Shavkat Mirziyoyev bugun 21-Mehribonlik uyiga boradi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Bugun, 28 iyul kuni Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi 21-Mehribonlik uyiga tashrif buyurib, sharoitlar bilan tanishadi. Bu haqda Prezident Matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Shuningdek, nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning yangi tizimini joriy etish chora-tadbirlari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Ma’lumot uchun, Shavkat Mirziyoyevning joriy haftadagi ish grafigida hafta mobaynida ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish yuzasidan yig‘ilish o‘tkazilishi belgilangandi.

Eslatib o‘tamiz, QALAMPIR.UZ "Jim turing" loyihasi doirasida Toshkentdagi 22-sonli Mehribon uyida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar, tarbiyachilar bilan suhbatlashgandi. Mehribonlik uyi tarbiyachisi va tarbiyalanuvchilari bilan suhbatni mazkur havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.


Maqola muallifi

Baholaganlar

94

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing