Shavkat Mirziyoyev BMTning yetakchi tarmoq tuzilmasi rahbari bilan uchrashdi

Jamiyat

image

Bugun, 7 sentyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) bosh direktori Syuy Dun’yuyni  qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi

Qayd etilishicha, uchrashuv avvalida O‘zbekiston yetakchisi Syuy Dun’yuyni BMTning yetakchi tarmoq tuzilmasi rahbari etib qayta saylangani bilan qutlagan hamda shu kunlarda Samarqand shahrida o‘tayotgan konferensiyani qo‘llab-quvvatlagani va uning ishida shaxsan ishtirok etayotgani uchun minnatdorlik bildirgan. FAO bosh direktori esa Prezidentni global miqyosda dolzarb bo‘lgan mavzudagi mazkur xalqaro konferensiyani o‘tkazish tashabbusi muvaffaqiyatli amalga oshirilgani va tadbir yuqori darajada tashkil etilgani bilan tabriklagan.

Shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligiga tahdid solayotgan bugungi xavf-xatarlarga qarshi, shu jumladan mintaqa darajasida kurashish masalalari yuzasidan fikr almashilgan. Unda agrar tarmoqni rivojlantirishdagi nomutanosibliklar, suv resurslarining tanqisligi, qo‘shimcha qiymat yaratishning uzun va samarasiz zanjirlari, logistikadagi uzilishlar va boshqalar barqaror rivojlanish uchun asosiy xatarlar sifatida qayd etilgan. 

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va FAO o‘rtasida 2030 yilga qadar mo‘ljallangan yangi hamkorlik dasturiga qishloq xo‘jaligini ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar asosida modernizatsiya qilish, agrar sohani raqamlashtirish, moliyaviy qo‘llab-quvvatlashning ta’sirchan vositalarini amalga oshirish va agrooziq-ovqat tizimini boshqarishning samarali mexanizmlarini joriy etish bo‘yicha qo‘shma tadbirlarni kiritishga kelishib olingan.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev BMT FAO Tsyuy Dun'yuy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing