Shavkat Mirziyoyev BAA vakili bilan sun’iy intellekt va raqamlashtirish masalasini ko‘rib chiqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Hukumat ishlari bo‘yicha vaziri Muhammad bin Abdulloh al-Gargaviy boshchiligidagi delegatsiya bilan 4 aprel kuni uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda yuqori texnologiyalar, sun’iy intellekt, raqamlashtirish, shahar infratuzilmasini modernizatsiya qilish borasidagi aniq loyiha va dasturlarni amalga oshirish istiqbollari, hududlarning savdo-investitsiyaviy salohiyatini ro‘yobga chiqarish va boshqa masalalar ko‘rib chiqilgan. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari ushbu yo‘nalishlar bo‘lajak oliy darajadagi ikki tomonlama sammit kun tartibining asosini tashkil etishi lozimligini qayd etgan.

Bundan tashqari, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirish, boshqaruvda professional kadrlarni va dasturchilarni tayyorlash, elektron hukumatni joriy qilish yo‘nalishlarida va boshqa sohalarda o‘zaro foydali hamkorlikni yanada kengaytirishdan manfaatdorlik bildirilgan.

Vazir al-Gargaviy Mirziyoyevga Amirliklar Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon hamda mamlakat Vitse-prezidenti, Bosh vaziri, Dubay amiri Shayx Muhammad Ol Maktumning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazgan.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston Prezidenti tomonidan joriy dasturlarni jadallashtirish va istiqbolli loyihalarni tayyorlashni nazarda tutuvchi “yo‘l xaritasi”ni yangilash yuzasidan topshiriqlar berilgan.

Yakunda vazir al-Gargaviyga O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ko‘p qirrali munosabatlarni kengaytirishga qo‘shgan katta hissasi va Yangi O‘zbekistondagi islohotlar dasturini har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun O‘zbekistonning yuksak mukofoti – “Do‘stlik” ordeni topshirilgan.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev sun'iy intellekt

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing