Shavkat Mirziyoyev Bahrayn bilan birdamligini izhor etdi

Jamiyat

image

Bugun, 4 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bahrayn Podshohi Hamad bin Iso Ol Xalifa bilan telefon orqali suhbatlashdi. Bu haqda O‘zbekiston yetakchisining matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, muloqot davomida Yaqin Sharqda kuzatilayotgan so‘nggi jarayonlar, mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlikka salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan masalalar muhokama qilingan.

“Muqaddas Ramazon oyida musulmon ummati hamjihatlik, yaqin birodarlik, o‘zaro hurmat va bag‘rikenglik tamoyillari asosida bir-biriga hamfikr va madadkor bo‘lishi lozimligi qayd etildi”, deyiladi xabarda.

Shuningdek, mamlakat tinchligi va fuqarolar osoyishtaligiga jiddiy xavf soladigan, begunoh insonlarning aziyat chekishiga sabab bo‘layotgan har qanday xatti-harakatlarni zudlik bilan to‘xtatish, barcha muammolarni faqat diplomatik va muzokaralar yo‘li orqali hal etish zarurligi ta’kidlab o‘tilgan.

Mamlakat yetakchisi bunday murakkab va sinovli sharoitda Bahrayn rahbariyati va xalqi bilan birdam va hamjihat ekanligini izhor etgan.

O‘z navbatida, Podshoh Hamad bin Iso Ol Xalifa O‘zbekiston rahbariga shunday sinovli kunlarda e’tibor ko‘rsatib, qilgan telefon qo‘ng‘irog‘i, ko‘rsatgan chin do‘stligi va samimiy qo‘llab-quvvatlovi uchun chuqur minnatdorlik bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon, Ummon sultoni Haysam bin Toriq Ol Said, Quvayt davlati valiahdi Shayx Saboh al-Holid al-Hamad as-Saboh va Qatar davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy bilan telefon orqali suhbatda Yaqin Sharqdagi hozirgi murakkab vaziyat muhokama qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Yaqin Sharq Bahrayn

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing