Shavkat Mirziyoyev ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
Jamiyat
−
23 may 2019
3752O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev joriy yilning 22 may kuni "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar киритиш to‘g‘risida"gi qonunni qabul qildi. Qonunning to‘liq matni bilan quyida tanishishingiz mumkin.
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Qonunchilik palatasi tomonidan 2019 yil 26 aprelda qabul qilingan
Senat tomonidan 2019 yil 3 mayda ma’qullangan
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining1993 yil 3 sentyabrdaqabul qilingan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi 938–XII-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993 yil, № 9, 338-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995 yil, № 12, 269-modda; 1997 yil, № 4–5, 126-modda; 1998 yil, № 9, 181-modda; 1999 yil, № 5, 112-modda; 2001 yil, № 5, 89-modda; 2002 yil, № 4–5, 74-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мажлиси palatalarining Axborotnomasi, 2005 yil, № 5, 152-modda; 2007 yil, № 12, 590, 608-moddalar; 2008 yil, № 12, 640-modda; 2010 yil, № 5, 178-modda, № 9, 334-modda, № 12, 472-modda; 2012 yil, № 1, 4-modda; 2013 yil, № 10, 263-modda; 2014 yil, № 12, 341-modda; 2016 yil, № 4, 125-modda, № 12, 383, 384-moddalar; 2018 yil, № 1, 1-modda, № 10, 676-modda, № 12, 783-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 27-moddaning ikkinchi qismidagi “sakkiz barobari” degan so‘zlar “o‘n barobari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 31-moddaning oltinchi qismidagi “sakkiz barobaridan” degan so‘zlar “o‘n barobaridan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1996 yil 29 avgustda qabul qilingan “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi 265–I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996 yil, № 9, 128-modda; 1999 yil, № 5, 124-modda; 2001 yil, № 5,
89-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мажлиси palatalarining Axborotnomasi, 2006 yil, № 10, 536-modda; 2007 yil, № 10, 473-modda; 2010 yil, № 5, 177-modda; 2016 yil, № 12, 383-modda; 2017 yil, № 6,
300-modda; 2018 yil, № 1, 1-modda) 41-moddasiga quyidagi qo‘shimcha va o‘zgartish kiritilsin:
quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Tibbiy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar ham O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy xizmat ko‘rsatish faoliyatini litsenziyalash bo‘yicha maxsus komissiyaning xulosasi asosida xalq tabobati usullaridan foydalangan holda tibbiy faoliyat bilan shug‘ullanish huquqiga ega bo‘ladilar”;
ikkinchi – oltinchi qismlar tegishincha uchinchi – yettinchi qismlar deb hisoblansin.
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustda qabul qilingan “Davlat bojxona xizmati to‘g‘risida”gi 472–I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 18 oktyabrda qabul qilingan O‘RQ–502-sonli Qonuni tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мажлиси palatalarining Axborotnomasi, 2018 yil, № 10, 678-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
1) 6-moddaning ikkinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona instituti” degan so‘zlar “O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti (bundan buyon matnda Bojxona instituti deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 13-modda oltinchi qismining ikkinchi xatboshisidagi “Oliy harbiy bojxona” degan so‘zlar “Bojxona” degan so‘z bilan almashtirilsin;
3) 16-modda to‘qqizinchi qismining to‘rtinchi xatboshisidagi “Oliy harbiy bojxona” degan so‘zlar “Bojxona” degan so‘z bilan almashtirilsin;
4) 17-modda:
quyidagi mazmundagi to‘rtinchi qism bilan to‘ldirilsin:
“Bojxona institutining boshlig‘i O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti bilan kelishuvga binoan O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi раиси tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod etiladi”;
to‘rtinchi – o‘n to‘rtinchi qismlari tegishincha beshinchi – o‘n beshinchi qismlar deb hisoblansin;
beshinchi qismidagi “birinchi va uchinchi qismlarida” degan so‘zlar “birinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlarida” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
5) 18-moddaning:
birinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan so‘zlar “Bojxona” degan so‘z bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan so‘zlar “Bojxona” degan so‘z bilan almashtirilsin;
6) 22-moddaning o‘n oltinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan so‘zlar “Bojxona” degan so‘z bilan almashtirilsin;
7) 23-moddaning to‘rtinchi va o‘n sakkizinchi qismlaridagi “Oliy harbiy bojxona” degan so‘zlar “Bojxona” degan so‘z bilan almashtirilsin;
8) 26-moddaning birinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan so‘zlar “Bojxona” degan so‘z bilan almashtirilsin;
9) 32-moddaning ikkinchi qismidagi “Oliy harbiy bojxona” degan so‘zlar “Bojxona” degan so‘z bilan almashtirilsin.
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мажлиси Qonunchilik palatasining Reglamenti to‘g‘risida”gi 522–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 136-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мажлиси palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda; 2008 yil, № 12, 637-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4, 101-modda; 2013 yil, № 4, 95-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda, № 5, 130-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 6-modda uchinchi qismining:
to‘rtinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
beshinchi, oltinchi va yettinchixatboshilari tegishincha to‘rtinchi, beshinchi va oltinchixatboshilar deb hisoblansin;
to‘rtinchi xatboshisidagi “mas’ul qo‘mitaning” degan so‘zlar “qonun loyihasini dastlabki tarzda ko‘rib chiqish uchun mas’ul bo‘lgan qo‘mitaning (bundan buyon matnda mas’ul қўмита deb yuritiladi)” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 7-moddaning uchinchi qismidagi “qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan so‘zlar “korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 81-modda chiqarib tashlansin;
4) 13-moddaning birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi Spikeri mas’ul qo‘mitani belgilaydi, qonun loyihasini hamda unga ilova qilingan materiallarni mas’ul qo‘mitaga va bir vaqtning o‘zida, fraksiyalarga (deputatlar guruhlariga) topshiradi, shuningdek fraksiyalar (deputatlar guruhlari) tomonidan fikrlar va takliflarni hamda mas’ul қўмита tomonidan xulosani taqdim etish muddatini belgilaydi”;
5) 14-moddaning uchinchi qismidagi “agar Qonunchilik palatasi Kengashi tomonidan boshqa muddat belgilangan bo‘lmasa” degan so‘zlar chiqarib tashlansin;
6) 19-moddaning uchinchi qismidagi “Qonunchilik palatasi Kengashi Muvofiqlashtiruvchi guruhning axborotini eshitib” degan so‘zlar “Qonunchilik palatasi Spikeri” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 29 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мажлиси Senatining Reglamenti to‘g‘risida”gi 523–II-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003 yil, № 9–10, 137-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мажлиси palatalarining Axborotnomasi, 2007 yil, № 4, 163-modda; 2009 yil, № 4, 136-modda; 2011 yil, № 4,
101-modda; 2014 yil, № 4, 86-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda;
2016 yil, № 9, 276-modda; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 9, 510-modda;
2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda, № 7, 431-modda; 2019 yil,
№ 1, 1-modda, № 3, 157-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 7-moddaning uchinchi qismidagi “qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan so‘zlar “sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 321-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan so‘zlar “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
3) 328-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan so‘zlar “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan O‘RQ–360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Byudjet kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мажлиси palatalarining Axborotnomasi, 2013 yil, 12-songa 1-ilova; 2014 yil, № 9, 244-modda; 2015 yil, № 12, 452-modda; 2016 yil, № 12, 383, 385-moddalar; 2017 yil, № 6, 300-modda, № 10, 605-modda, № 12, 772-modda; 2018 yil, № 1, 1, 4-moddalar, № 7, 431, 433-moddalar; 2019 yil, № 1, 1-modda) 70-moddasi birinchi qismi 3-bandining yettinchi xatboshisidagi “Sof ichimlik suvi” degan so‘zlar “Suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlarini rivojlantirish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
7-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2016 yil 11 aprelda qabul qilingan “Parlament nazorati to‘g‘risida”gi O‘RQ–403-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Мажлиси palatalarining Axborotnomasi, 2016 yil, № 4, 123-modda; 2017 yil № 6, 300-modda; 2018 yil, № 1, 4-modda, № 4, 224-modda; 2019 yil, № 1, 1-modda, № 3, 157-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
1) 10-moddaning beshinchi qismidagi “Qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan so‘zlar “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
2) 19-moddaning to‘rtinchi qismidagi “Qonunchilik va sud-huquq masalalari” degan so‘zlar “Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
8-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:
hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;
davlat boshqaruvi organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin;
ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi ўртасида tushuntirilishini ta’minlasin.
9-modda. Ushbu Qonun расмий e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev
Тошкент shahri,
2019 yil 22 may
LiveBarchasi