Shavkat Mirziyoyev Andijondagi ko‘chada sayr qilib, aholi bilan gaplashdi
Jamiyat
−
22:20 437 1 daqiqa
Bugun, 23 sentyabr kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon shahrining O‘rikzor mahallasida tashkil etilgan gastronomik turizm ko‘chasi bilan tanishdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, Mashrab va Sarikuy ko‘chalarini qamrab olgan mazkur loyihaning umumiy qiymati 18 milliard so‘m bo‘lib, shundan 8 milliard so‘mi respublika byudjeti, 10 milliard so‘mi tadbirkorlar mablag‘i hisobidan moliyalashtirilgan.


Ko‘chaning umumiy uzunligi 1,2 kilometrni tashkil etadi. U yerda piyodalar va velosipedlar uchun keng va xavfsiz yo‘laklar barpo etilgan, zamonaviy landshaft dizayni yaratilgan, favvoralar va turli yoritish vositalari o‘rnatilgan. Selfi hududlari, ochiq sport maydonchalari, bolalar uchun ekomaydonchalar hamda oilaviy dam olish maskanlari tashkil qilingan.


Hududdagi 35 ta savdo ob’ektida 30 ta tadbirkorlik sub’ekti 24/7 tartibda xizmat ko‘rsatadi. Loyiha doirasida 100 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. Ko‘cha kuniga 10 mingdan ziyod aholi va sayyohni qabul qilish imkoniyatiga ega.


Davlat rahbari ko‘cha bo‘ylab sayr davomida aholi va tadbirkorlar bilan samimiy muloqot qilgan.
Live
Barchasi