Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning xorijdagi aktivlarini blokdan chiqarishga chaqirdi
Jamiyat
−
17 Sentabr 2021
7027O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Afg‘onistonning xorijiy davlatlar banklarida saqlanayotgan zaxiralarini blokdan chiqarishga chaqirdi. Bu haqda O‘zbekiston rahbari Dushanbeda o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida aytib o‘tdi. Bu haqda "Sputnik" nashri ma’lum qildi.
Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, bugun Afg‘onistonda yangi reallik vujudga keldi, hokimiyatga yangi kuchlar keldi. Bu amalga oshgan. Shu munosabat bilan Mirziyoyev bu mamlakatdagi vaziyatdan kelib chiqib yondashuvni ishlab chiqish, shuningdek uning yangi hokimiyati bilan muloqotni rivojlantirish zarurligini bildirdi.
“Shu munosabat bilan, chet el banklarida saqlanayotgan Afg‘oniston davlat aktivlarini blokdan chiqarish imkoniyatini ko‘rib chiqish kerak”, degan O‘zbekiston Prezidenti.
Afg‘onistonga doir harakat va siyosiy barqarorlikni muhokama qilish uchun kuchlarni birlashtirish maqsadida “SHHT-Afg‘oniston” formatida oliy darajada uchrashuv o‘tkazishni taklif qildi. Birinchi muloqot maydoni sifatida Toshkent taklif qilingan.
“SHHT-Afg‘oniston” shaklini yo‘lga qo‘yish haqida Rossiya Preziyednti Vladimir Putin ham fikr bildirgan.
Ma’lumot uchun, Afg‘oniston Markaziy bankining 10 milliard dollar atrofidagi aktiflari xorijiy banklarda “muzlatib qo‘yilgan”. Bu pullar toliblarga bosim o‘tkazishning asosiy richagi sifatida ko‘rilmoqda.
Xalqaro valyuta jamg‘armasi ham Afg‘onistonning favqulodda vaziyatlarda foydalanishi mumkin bo‘lgan 440 mln dollar puli toliblarga o‘tmasligi uchun “muzatib qo‘ydi”.
LiveBarchasi