Mirziyoyev Afg‘oniston muammosini hal etish imkonini qo‘ldan chiqarmaslikka chaqirdi

Olam

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Shanxay hakorlik tashkilotiga a’zo davlatlar rahbarlarini va ushbu tashkilotda kuzatuvchi maqomiga ega davlatlar delagatlari e’tiborini yana bir bor Afg‘oniston muammosiga qaratdi. Davlat rahbari bugun, 10 noyabr kuni SHHT sammitida so‘zlagan nutqida Afg‘onistonda uzoq kutilgan tinchilikka erishish bo‘yicha tarixiy imkoniyatni qo‘ldan boy bermaslik har qachongidan muhim ekanini qayd etdi. 

“Ushbu mamlakatdagi xavfsizlik va tinchlik masalasiga butun SHHT mintaqasining barqarorligi va iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashning muhim tarkibi qismi sifatida qaralishi lozim.

Xalqaro hamjamiyat, shu jumladan SHHT mamlakatlarining sa’y-harakatlari tufayli Afg‘onistonda nizoni tinch yo‘l bilan tartibga solishda umid bag‘ishlovchi istiqbollar ko‘rinmoqda.

Tinchlikka erishish, Afg‘oniston xalqiga iqtisodiy yordam ko‘rsatish yo‘lidagi ushbu ijobiy intilishlarni qo‘llab-quvvatlash uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimdir”, deydi O‘zbekiston Prezidenti.

U Afg‘onistonning mintaqaviy savdo-iqtisodiy jarayonlarga jalb etilishi ushbu mamlakatning tinch, barqaror taraqqiyotiga xizmat qilishiga ishonch bildirdi. 

O‘zbekiston Prezidenti o‘z so‘zida davom etarkan, O‘zbekiston “SHHT-Afg‘oniston” muloqoti guruhi doirasida Afg‘onistonning ijtimoiy-iqtisodiy tiklanishiga ko‘maklashish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar rejasini tez fursatda ishlab chiqish va qabul qilish tarafdori ekanini qayd etdi. 

“Afg‘onistonga uning Markaziy va Janubiy Osiyoni bog‘lab turuvchi ko‘prik sifatidagi tarixiy rolini qaytarishga xizmat qiladigan transport yo‘laklarini barpo etish tashabbuslari SHHTning barcha mamlakatlari uchun yangi istiqbollar ochadi”, deydi Prezident.

Mirziyoyev shu va boshqa masalalarni 2021 yil aprel oyida Toshkentda o‘tkaziladigan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy o‘zaro bog‘liqlik. Xatar va imkoniyatlar” xalqaro konferensiyasida muhokama qilishni taklif etdi. 

Shuningdek, Prezident 2021 yilda SHHT tashkil etilganining 20 yilligi arafasida, “SHHTning zamonaviy xalqaro munosabatlar tizimidiga roli” xalqaro konferensiyasini o‘tkazish taklifini bildirdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Afg'oniston Shavkat Mirziyoev ShHT majlisi

Baholaganlar

33

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing