Kurs UZS

USD

12 926.51

-9.17

EUR

14 092.48

-72.09

RUB

156.00

-2.8

Shavkat Mirziyoyev Abduqodir Husanov bilan uchrashdi

Sport

image

21 mart kuni Toshkent shahridagi  “Yangi O‘zbekiston” bog‘ida bo‘lib o‘tgan Navro‘z tantanasidan keyin O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Manchester Siti”ning o‘zbekistonlik himoyachisi Abduqodir Husanov bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi (O‘FA) matbuot xizmati xabar berdi.

21 yoshli Husanov otasi, sobiq futbolchi Hikmat Hoshimov bilan birgalikda dastxati tushirilgan “Manchester Siti”dagi libosini Shavkat Mirziyoyevga sovg‘a qildi. 

Qayd etish joiz, yanvar oyida Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari davlatiga safari chog‘ida mamlakat shahzodasi va “Manchester Siti” klubi egasi Shayh Xolid ibn Muhammad Ol Nahayon bilan uchrashib, Husanov transferi uchun minnatdorlik bildirgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Manchester Siti Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing