Shavkat Mirziyoyev 74 yoshga to‘lgan Matviyenkoni telefonda tabrikladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bugun, 7 aprel kuni Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali gaplashib, uni 74 yoshga to‘lgani munosabati bilan tabrikladi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi.

Ular faol parlamentlararo almashinuvlarni davom ettirish va oliy darajadagi kelishuvlarni amalga oshirishda ishtirok etishning ahamiyati haqida so‘z yuritgan.

Ikki mamlakat parlamentlari o‘rtasidagi, shu jumladan, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlar doirasidagi sermahsul hamkorlik jadallashib borayotgani, O‘zbekiston-Rossiya do‘stlik va keng ko‘lamli strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qilayotgani ta’kidlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Valentina Matvienko Rossiya Federal Majlisi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing