Shavkat Mirziyoyev 70 yoshga to‘lgan Lavrovni “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotladi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Sergey Viktorovich Lavrovni "Do‘stlik" ordeni bilan mukofotlash to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Farmonga bilan Shavkat Mirziyoyev 70 yoshga to‘lgani munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovni orden bilan mukofotladi.

"O‘zbekiston-Rossiya strategik sherikligini rivojlantirish, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnik va madaniy-gumanitar aloqalarni kengaytirish, xalqlarimiz o‘rtasida do‘stlik munosabatlari va o‘zaro anglashuvni mustahkamlashga qo‘shgan katta hissasi, xalqaro maydonda O‘zbekiston Respublikasining tinchlik, barqarorlik va izchil taraqqiyotni ta’minlashga qaratilgan muhim mintaqaviy va global ahamiyatga ega tashabbuslarini faol qo‘llab-quvvatlagani uchun, shuningdek, tavalludining 70 yilligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasi tashqi ishlar vaziri Sergey Viktorovich Lavrov “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlansin", deyiladi farmonda.

 


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Sergey Lavrov

Baholaganlar

26

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing