Shavkat Mirziyoyev: “Hamma to‘siq — bank bilan soliq”

Jamiyat

image
0:00
0:00
download
Juda og‘ir sharoitda yashayapmiz – Mirziyoyev viloyatlar rahbarlarini tanqid qildi north_east

Juda og‘ir sharoitda yashayapmiz – Mirziyoyev viloyatlar rahbarlarini tanqid qildi

O‘zbekistonda bank va soliq tizimi mamlakat iqtisodiyotini rivojlantirishda to‘siq bo‘lmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev mahalliy sanoatni rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida aytib o‘tdi.

Davlat rahbari har bir viloyat hokimi haftada bir marta bank va soliq idorasi vakillari bilan gaplashishi kerakligini ta’kidladi.

“Har haftada bir marotaba bank va soliq idorasi rahbarlari bilan viloyat hokimlarining o‘zi gaplashadi. Har bitta tumanda, kim bo‘lishidan qat’i nazar, bank va soliqchisining ko‘ziga qarab baho berishlaring kerak. Bizga hozir hamma to‘siq — bank bilan soliq. Iqtisodiyotimizga to‘siq, katta to‘siq. Hamma xulosa qilishi kerak. Xalqimiz bizni boqib oladi, oldin xalqimizni sal oyoqqa turg‘azib olaylik. Korrupsiyani ildizi bilan yo‘q qilmasak, islohotlarimiz amalga oshmaydi. Iqtisodiyot nuqtayi nazaridan bankda kapitali bo‘lishi uchun qancha pul beryapmiz. Bank qolarmidi shu paytgacha? Bankrot bo‘lar edi”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Prezident chet eldan kelib, banklarni sotib olmoqchi bo‘lganlar juda ko‘pligini urg‘ulab, bunga ruxsat bermayotganini qo‘shimcha qildi.

“O‘zimizning xalqimizga o‘zimiz xizmat qilishga o‘rganaylik, deyapman. U soliqlar o‘zimizda qolsin, deyapman. O‘zimizning qorako‘zlarimiz o‘rgansin buni, deyapman. Qayerda ishsizlar soni ko‘p bo‘lib, chet elda ko‘p yurgan bo‘lsa, bu o‘sha tumanning rahbarlari, to‘rtta sektori chiqqan qarorlarni tahlil qilib, natijaga ishlamayotganidan dalolat beradi. Hozir sizlarga hamma sharoitni yaratib berib, xalqqa xizmat qilgin deb pul beryapmiz”, deydi Prezident.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Shavkat Mirziyoev bank

Baholaganlar

280

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing