Sharof Rashidov tumaniga yangi hokim tayinlandi
Jamiyat
−
26 Oktabr 2019
19525Bugun, 26 oktyabr kuni Jizzax viloyati hokimligida tashkiliy masala bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishni Jizzax viloyati hokimi Ergash Saliyev olib bordi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat xizmati va hokimiyat vakillik organlari bilan hamkorlik qilish masalalari bo‘yicha maslahatchisi Sherzod Kudbiyev ishtirok etdi.
Yig‘ilishda Sharof Rashidov tumani hokimi Zoir Mirzayev Qashqadaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvchi etib tayinlangani munosabati bilan tumanga yangi rahbar tayinlandi.
Mirzayevning o‘rniga tuman hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi sessiyada 2018 yilning 29 oktyabrdan buyon Jizzax viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgan Mahmud Parsamatovich Xolbo‘tayev Sharof Rashidov tumani hokimi etib tanishtirildi.
LiveBarchasi