Sharmandalik davom etadi. Yana bir YPX inspektori “yuqorining” buyrug‘i bilan Malibu’ga jarima yozmadi

Jamiyat

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahrida YPX inspektori qoidani buzgan Malibu avtomobilini to‘xtatgani, biroq ratsiya orqali unga mashinani tezda qo‘yib yuborish buyrug‘i kelishi bilan hech qanday chora ko‘rmasdan ketqazib yuborgani keskin muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Orada ko‘p o‘tmay esa “Toshkent” telekanalining “Poytaxt yo‘llarida” ko‘rsatuvida inspektor davlat raqami 10 467 UE bo‘lgan Malibu’ni to‘xtatgani aks etgan holat efirga uzatildi.

Inspektor Malibu haydovchisi (ayol kishi) boshqaruv vaqtida telefonda gaplashgani uchun to‘xtatgan.

Inspektor hujjatlarni tekshirayotganda ayol telefonda gaplashmaganini aytgan. Ayol bayonnoma tuzilishini bilgach, tanishiga qo‘ng‘iroq qilib, xodimga tutqazgan.

Inspektor “boshliq” bilan gaplashgach, Malibu haydovchisiga jarima yozmasdan va qo‘yib yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Olmaliqda sodir bo‘lgan holat jamoatchilik e’tirosiga sabab bo‘ldi. So‘ng, ratsiya orqali YPX inspektoriga avtomobilni ketqazib yuborishni aytgan komandirga intizomiy chora ko‘rildi.


Maqola muallifi

Teglar

YPX jarima

Baholaganlar

184

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing