Sham zavodidagi yong‘inda kuygan o‘zbekistonliklarning ahvoli ma’lum bo‘ldi
Jamiyat
−
03 Sentabr 2019
4091Avvalroq, Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi sham zavodida yuz bergan yong‘inda O‘zbekiston fuqarosi jarohatlangani haqida xabar bergan edik.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Sankt-Peterburgdagi yong‘in bo‘yicha rasmiy ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Sankt-Peterburg shahridagi Bosh konsulxonasi vakillari sham zavodida yuz bergan yong‘in oqibatida tanasining 34 foizi kuyib reanimatsiya bo‘limiga tushgan O‘zbekiston fuqarosi A.O. va tanasining 20 foizi kuyib shifoxonaga yotqizilgan E.A.ning holidan xabar olish uchun I.I.Janelidze nomidagi tez yordam ilmiy-tadqiqot institutiga bordi. Tegishli muolajadan so‘ng ularning sog‘liklari holati qoniqarli deya baholanmoqda. Shifokorlar bergan ma’lumotga ko‘ra ular yana taxminan 20 kun shifoxonadan qoladi.
Shuningdek, Bosh konsulxona xodimlari qurilish maydonida balandlikdan tushib ketishi oqibatida jarohatlangan O‘zbekiston fuqarosi K.B. ning ham holidan xabar oldilar. U tibbiyot muassasasiga o‘ng qovurg‘asi singan holda joylashtirilgan edi. Ayni paytda zarur muolaja olmoqda va holati yaxshilanmoqda.
LiveBarchasi