Shakiraga ikkita yovvoyi to‘ng‘iz hujum qildi
Madaniyat-san’at
−
30 Sentabr 2021
20026Kecha, 29 sentyabr kuni ikkita yovvoyi to‘ng‘iz Kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakiraga hujum qildi. Xonandaga zarar yetmadi. Bu haqda Barselonaning “Periodico” nashri yozmoqda.
“Ikki yovvoyi to‘ng‘iz kolumbiyalik qo‘shiqchi Shakiraga bog‘da hujum qildi. Xonandaning o‘ziga hech narsa qilmadi”, deb yozadi gazeta.
Shakira o‘zining Instagram sahifasi orqali ma’lum qilishicha, to‘ng‘izlar xonandaning sumkasi va telefonini o‘rmonga olib ketgan. Biroq, keyinchalik ularni ham topishga muvaffaq bo‘lishgan.
“Huffpost” nashri xabariga ko‘ra, xonanda bilan bo‘lgan voqea Ispaniyaning Barselonadagi parkida sodir bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Nyusha taxallusi bilan mushhar bo‘lgan xonanda Anna Shurochkinani Ispaniyada, aynan Barselona shahrida tunab ketishgandi. Buning oqibatida rossiyalik xonanda o‘z oilasi bilan bir muddat pulsiz va hujjatsiz qolib ketgan.
LiveBarchasi