Shakira 17 yildan so‘ng “Video Music Awards”ga qaytdi
Madaniyat-san’at
−
01 Sentabr 2023
5261Taniqli xonanda Shakira to‘rtinchi marotaba “Video Music Awards” mukofoti (VMA) bilan taqdirlandi. Bu haqda “Euronews” nashri xabar berdi.
Bu yil xonanda turli nominatsiyalar bo‘yicha to‘rtta mukofotni qo‘lga kiritdi: “Yil artisti”, “Eng yaxshi hamkorlik” va ikkita eng yaxshi lotin qo‘shig‘i nominatsiyasi.
“Video Music Awards 2023” ko‘rik-tanlovining taqdirlash marosimi kelasi oyning 12 sanasiga rejalashtirilgan. U uchun Nyu-Jersi shtatining Nyuark shahrida joylashgan “Prudential” markazi band qilingan.
“Shakira ommani ilhomlantirishda va ularga ta’sir qilishda davom etadi. U butun dunyo ayollari uchun ilg‘or va lotin musiqasining globallashuvida yetakchilik qilgan birinchi san’atkorlardan biri”, dedi Paramount+ musiqa bo‘limi boshlig‘i Bryus Gillmer.
17 yillik tanaffusdan so‘ng VMA sahnasiga qaytgan Shakira marosimda unutilmas chiqish bilan qatnashishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun, bu mukofot bilan avvalroq Beyoncye, Nikki Minaj, Madonna, Janet Jekson, Jennifer Lopez, Rianna va Missi Elliott taqdirlangan. Bu yil Teylor Svift sakkiz nominatsiyani qo‘lga kiritib, VMA g‘oliblari orasida yetakchilik qilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Kolumbiyalik mashhur qo‘shiqchi Shakira soliq firibgarligi bo‘yicha ayblanmoqda. Xonandaning o‘zi esa bular yolg‘on ayblov ekanligini aytgan.